Rays: "Eze va Gabrielsiz APLni yuta olmasdik"
"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar ligasi finalidan keyin penaltilar seriyasida xatoga yo‘l qo‘ygan Eberechi Eze va Gabriyel Magalyaesni qo‘llab-quvvatladi.
PSJga qarshi finalda Eze o‘z zarbasini aniq amalga oshira olmagan bo‘lsa, Gabriyelning zarbasi darvoza ustidan ketdi.
"Ularning ikkalisiz bu mavsum Premier-ligada chempion bo‘la olmasdik. Bu aniq", — dedi Rays.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" 2025/26 yildgi mavsum yakunlariga ko‘ra 22 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempioniga aylangan edi.

Fikrlar