
Rays transferi Jorjinoning kelajagiga ta’sir qiladimi?
"Arsenal" Vest Xem" vakili Deklan Raysni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga juda ham yaqin turibdi. Ayni dam tomonlar muzokaralarning so‘nggi bosqichiga o‘tgan. 24 yoshli yarim himoyachining tashrifidan so‘ng ayrim futbolchilar jamoani tark etishi kutilmoqda. Ular orasida Jorjino ham borligi haqda mish-mishlar chiqqandi. Futbolchining o‘zi ushbu xabarlarga reaktsiya bildirdi.
"Men bu erda juda ham baxtliman. Bundan turdagi ma’lumotlarni kim chiqarganidan xabarim yo‘q, lekin barchasi yolg‘on. Umid qilamanki, oldinda yaxshi natijalarga erishamiz. Kelasi mavsum ajoyib tarzda o‘tadi", - dedi italiyalik yarim himoyachi.
Jorjino qishda "Chelsi"dan "kanonirlar" safiga o‘tgandi. Avvalroq, uning "Latsio"ga o‘tishi haqda xabarlar paydo bo‘lgandi.
Fikrlar