
"RB Leyptsig" safarda "Volfsburg" bilan ochkolarni bo‘lishib oldi (video)
Germaniya Bundesligasining 16-turida “RB Leyptsig” safarda “Volfsburg” mehmoni bo‘ldi.
“Volkswagen Arena”da kechgan o‘yin gollarga boy bo‘ldi va 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. Mezbonlar safida gollarni Vaut Vegorst (22') hamda Renato Shteffen (35') kiritdi, “RB Leyptsig” safida esa Nordi Mukiele (5') hamda Villi Orban (54') o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar