"Real" - "Barselona": Futbolchilarga qo‘yilgan ballar bilan tanishing (foto)

  • 21 mart, 2022, 10:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning ikki azaliy klubi "Real" va "Barselona" Ispaniya La Ligasi 29-turida o‘zaro bahs olib bordi.

Kataloniyaliklarning mutlaq ustunligi ostida kechgan o‘yin mehmonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. "Ko‘k-anorranglilar" safida Per-Emerik Obameyang dubl qayd etgan bo‘lsa, Ronald Arauxo hamda Ferran Torres bir marotabadan o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Statistika bilan shug‘ullanuvchi "WhoScored.com" portali mazkur bellashuv uchun futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi. Eng yuqori bahoga klubning gabonlik hujumchisi Obameyang loyiq ko‘rildi, 9.4.

photo_2022-03-21_09-42-28

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!