
"Real", "Barselona" va PSJ yosh iqtidorga qiziqish bildirmoqda
Dortmundning "Borussiya" klubi 17 yoshli hujumchisi Yusuf Mukokoni ko‘plab top-klublar o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Sport.es" nashri jurnalistlarining yozishicha, futbolchining xizmatlariga birdaniga Evropaning to‘rtta etakchi jamoasi qiziqish bildirmoqda - "Real" Madrid, "Barselona", "Liverpul" va PSJ.
Iqtidorli nemis forvarining "asalarilar" bilan shartnomasi 2023 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Uning transfer narxi 15 million evroga baholanmoqda.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida Mukoko o‘nta bahsda qatnashib, to‘rtta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar