“Real”: 100 million to‘lab, bu yulduzni olib keting!

  • 16 iyun, 18:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati keyingi ikki mavsumda tarkibga Jud Bellingem va Kilian Mbappening qo‘shilishi evaziga ikkinchi planga o‘tib qolgan Rodrigo Goesni shu yoz ichi sotib yuborishga tayyor.

Tecno

“Qirollik klubi” o‘yinchining transfer narxi tushib ketmasidan uni boshqa klubga o‘tkazish yo‘lini qidiryapti.

Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, 24 yoshli braziliyalik futbolchiga hozir “Arsenal”, “Manchester Siti” va “Chelsi” qiziqish bildirmoqda.

Madrid superklubi Braziliya terma jamoasi o‘yinchisini 100 million evroga baholamoqda va shu summani taklif qiladigan klubga Rodrigoni jo‘natib yuborishga tayyor.

Rodrigoning madridliklar bilan yana uch yillik shartnomasi bor. Bu futbolchi kelajagi haqida bir qarorga kelishdan avval yangi bosh murabbiy Xabi Alonsoning ishonchini qozonishga urinib ko‘rmoqchi. Buning uchun universal hujumchi AQShda boshlangan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida favqulodda zo‘r o‘yin ko‘rsatishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!