“Real”: 19 yoshli futbolchi ikki yulduzimiz o‘rnini bosadi!
“Real” rahbariyati yozgi transferlar davrida Dortmunddan yari himoyachi Jud Bellingemni olib kelishga qattiq qaror qilgan.
Madridliklar safida maydon markazini ushla turgan Luka Modrich 37 ta kirdi. Toni Kroosning ham yoshi o‘tib qoldi va futbolchilik faoliyatini tugatishni rejalashtirmoqda. Karlo Anchelotti bu ikki yulduz o‘rnida Jud Bellingemni o‘ynatmoqchi.
“Qirollik klubi” mutasaddilariga angliyalik futbolchining o‘yinni tashkil qilish, vaziyatlar yaratishdagi tashabbuskorligidan tashqari, himoyachilarga katta yordam bera olish qobiliyati ham juda ma’qul kelmoqda.
“Borussiya” xo‘jayinlari yozda o‘z futbolchisini ushlab qolish juda qiyin bo‘lishini yaxshi biladi. Shu bois, ular Bellingem uchun 100 million evro badal puli belgiladi. Bellingem, Germaniya, Ispaniya va Angliya klublaridan taklif bor.

Fikrlar