
"Real" 2 ta futbolchisining transferidan keladigan mablag‘ni Pogbani sotib olishga sarflamoqchi
Madridning "Real" klubi hamon "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbani sotib olish fikridan qaytmayapti.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda agar “qirollik klubi” Xames Rodriges va Garet Beyllarning transferidan etarli mablag‘ ishlab topsa, frantsiyalik futbol yulduzini sotib oladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Manchester Yunayted" Pogbani 200 million evroga baholayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Atletiko” esa Xames uchun hamshahariga 42 mln evro to‘lashga tayyor. Beylga esa Xitoy klublari qiziqmoqda. “Real” uning transferidan 50-60 mln evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar