“Real”: 220 million yevro to‘laymiz, endi futbolchini berasizlarmi?

  • 20.06.2026 15:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubi hali ham «Bavariya» qanot hujumchisi Maykl Olisega jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ispaniya klubida fransuz vingerining ehtimoliy transferi 150 million evrodan ortiq mablag‘ talab qilishini yaxshi tushunishmoqda. Bu haqida Marca nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar Olise uchun 200 million evrodan ortiq mablag‘ to‘lashga tayyor, ammo bu summa 220 million evrodan oshmaydi.

O‘tgan mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuvda ishtirok etib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 150 million evro deb baholagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!