“Real” 6 superklub talashayotgan yulduz bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
Turkiya milliy terma jamoasi va “Real” klubi futbolchisi Arda Gyuler Evropaning top ligalaridagi oltita klub rahbariyatida jiddiy qiziqish uyg‘otmoqda.
20 yoshli hujumkor futbolchini Germaniyaning “Borussiya Dortmund” va “Leyptsig”, Italiyaning “Milan”, Angliyaning “Arsenal”, “Nyukasl” hamda “Tottenxem” kabi ulablari o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtiryapti.
Caught Offside nashrining yozishicha, Xabi Alonso davrida jamoaning muhim o‘yinchisiga aylangan Gyulerga madridliklar uzoq muddatli loyihalarda ham joy ajratishga qaror qilgan. Shu bois, “Qirollik klubi” turk futbolchisini osonlikcha qo‘yib yubormaydi.
Madridliklar Ardani 2023 yilning yozida “Fenerbahche”dan 24 million evroga transfer qilgan. Klub bilan 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega o‘yinchining bugungi kundagi narxi ikki baravarga oshdi.



Fikrlar