
"Real" A Seriyadagi futbolchisini ortga qaytarmoqchi
"Real" rahbariyati "Milan"da ijarada to‘p surayotgan yarim himoyachi Braim Diasni ortga qaytarmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, madridliklar 21 yoshli futbolchini yozda jamoadan ketishi kutilayotgan Lukas Vaskes o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Dias “Milan”ga mavsum avvalida kelib qo‘shilgan va 1 yillik shartnoma imzolagan edi. U joriy mavsum 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar