"Real" Angliya terma jamoasi himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi
"Real Madrid" rahbariyati Angliya terma jamoasi va "Kristal Pэlas" himoyachisi Mark Gexi bilan muzokaralar olib bormoqda.
AS nashri xabariga koʻra, "qirollik klubi" 25 yoshli ingliz futbolchisi bilan muzokaralarning birinchi bosqichini oʻtkazgan. Mavsum yakunlangandan soʻng Gexi erkin agentga aylanadi. Qayd etilishicha, futbolchining oʻzi ham "Real"ga oʻtishni istamoqda. Shu bilan birga, unga "Liverpul" va "Barselona" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Maʼlumot uchun, joriy mavsumda Mark Gexi Angliya chempionati doirasida "Kristal Pэlas" safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi boʻlgan. Himoyachi 2021 yildan buyon "shishasozlar" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar