“Real” APL klubi bosh murabbiyin olib kelishi mumkin

  • 05.05.2026 10:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unay Emeri "Real Madrid" murabbiyi lavozimiga ehtimoliy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqida talkSPORT xabar bervsh.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Ispaniya klubi rahbariyati 54 yoshli mutaxassisni amaldagi murabbiy o‘rniga nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan va u asosiy variantlardan biri hisoblanadi.

Emeri 2022 yilning kuzida "Aston Villa"ni boshqargan va uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Shu bilan birga, birmingemliklarning moliyaviy cheklovlari fonida ispaniyalikni "Real"da ishlash qiziqtirishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Hozirda "Aston Villa" mavsumdagi 35 o‘yinda 58 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Bundan tashqari, jamoa evrokuboklarda ishtirok etishni davom ettirmoqda. Yevropa ligasi yarim finalida klub "Nottingem" bilan uchrashadi. Birinchi o‘yin "Villa"ning 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi, javob uchrashuvi 7 may kuni bo‘lib o‘tadi.

U avvalroq Ispaniya chempionatida ishlagan, "Almeriya", "Valensiya", "Sevilya" va "Vilyarreal"ni boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!