"Real" Asensio evaziga "Liverpul"dan qaysi futbolchini so‘ramoqda?

  • 01.07.2019 14:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid va "Liverpul" klublari joriy yozgi transferlar davrida o‘zaro futbolchi almashtirishlari mumkin. Bu haqda Daily Express nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” vingeri Marko Asensio APLga,  mersisaydliklar forvardi Sadio Mane esa La Ligaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, Asensioning xizmatlariga shaxsan "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp jiddiy qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham senegallik futbolchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Asensio o‘tgan mavsum “Real”da 44ta o‘yinda ishtirok etdi va 6ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 27 yoshli Mane esa “Liverpul”da 50ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 26ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Asensioning transfer narxi ayni damda 60 mln, Maneniki esa 120 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!