"Real" Asensioning jarohati jiddiy ekanini tasdiqladi
Madridning "Real" klubi rasmiy sayti jamoa vingeri Marko Asensioning bugun "Arsenal"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jiddiy jarohat olganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra ispaniyalik futbolchi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan va uning chap oyoq tizza qismida jiddiy jarohat mavjudligi tasdiqlandi. Biroq, hozircha madridliklar uning qachon safga qaytishi haqida ma’lum qilishmayapti.
Ta’kidlash kerakki, odatda bunday jarohatdan forig‘ bo‘lish uchun 6 oydan 9 oygacha vaqt talab etiladi. Shuni inobatga olsak, Asensioda yangi 2019/20 yilgi mavsumni o‘tkazib yuborish xavfi bor.
Fikrlar