"Real" autsayder ustidan kutilgan g‘alabaga erishdi va chempionlikni rasmiylashtirdi (video)

Ispaniya La Ligasining 34-turida “Real” o‘z maydonida “Kadis”ni qabul qildi.

Chempionlikka bir qadam qolgan Karlo Anchelotti shogirdlari shu kuni raqib darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi. Madridliklar safida gollarni Braim Dias (51), Jud Bellingem (68) hamda Xoselu (90+3) kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Real” hisobidagi ochkolar 87 taga etdi va Madrid klubi muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi. “Kadis” esa hisobida 26 ochko bilan 18-pog‘onada bormoqda.

“Real” La Liga doirasidagi navbatdagi bahsini 11 may kuni safarda “Granada”ga qarshi o‘tkazsa, “Kadis” 12 may kuni o‘z maydonida “Xetafe”ni qabul qiladi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!