"Real" Azar va Yovich uchun qancha mablag‘ sarflamoqchi?
Madridning "Real" klubi "Chelsi" vingeri Eden Azar hamda "Ayntraxt" forvardi Luka Yovichlarning transferlari borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqda.
Tuttomercatoweb nashrining xabar berishicha “qirollik klubi” ushbu ikki futbolchini sotib olish uchun 170 mln evro sarflamoqchi. Aniqrog‘i, “Real” belgiyalik futbolchini 100 mln evro, serbiyalik futbolchini esa 70 mln evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Azar joriy mavsum “Chelsi” safida jami 46ta o‘yinda maydonga tushdi va 19ta gol hamda 13 assistga mualliflik qildi. 21 yoshli Yovich esa “Ayntraxt” tarkibida 42ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 25ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar