"Real" baribir Bundesliga yulduzini kelasi yoz qo‘lga kiritmoqchi!
"Shtutgart" yarim himoyachisi Anjelo Shtiller Madridning "Real" klubi transfer radaridan hali ham chiqmagan. Bundesliga klubining etakchisi o‘tgan yozdayoq "qirollik klubi"ning ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatida bo‘lgan, ammo o‘shanda muzokaralar amalga oshmagan edi.
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, madridliklar rahbariyati hozir ham xavbekning o‘yinini diqqat bilan kuzatmoqda va kelasi yozda uni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.
Futbolchining shartnomasida 40 million evro miqdoridagi ozod qilish bandi mavjud. Joriy mavsumda 24 yoshli Shtiller 11 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 45 million evro deb baholagan.



Fikrlar