
"Real" "Barsa" xatosini takrorlamoqda
Urugvay terma jamoasi sobiq hujumchisi Diego Forlan "Barselona" va "Real"ning xatolari haqida gapirib o‘tdi.
"Agar Ramos "Real" bilan shartnomani uzaytirmasa, u bunday faoliyati bilan boshqa narsaga loyiq. Uning jismoniy holati juda yaxshi va himoyada ham juda kuchli. Ammo hech bir klub bir futbolchiga bog‘liq emas.
"Barselona"ning Suares bilan bog‘liq xatosini "Real" Ramos masalasida takrorlamoqda. Muzokaralar bor, ammo ikki tomonni ham tushunishingiz kerak. Ular jamoaga ba’zi yosh futbolchilardan ko‘ra ko‘proq narsa bera oladi", - deydi Forlan.
Suares yozda "Atletiko"ga ko‘chib o‘tdi va 16 ta o‘yinda 14 ta gol kiritdi va La Liga to‘purarlari ro‘yxatini boshqarib turibdi.
Fikrlar