
"Real" "Barselona"ni qo‘llab-quvvatlayapti
"Radioestadio" jurnalisti Edu Pidalning xabariga ko‘ra, "Real" Dani Olmoni ro‘yxatga olishga to‘liq rozilik berdi. Madrid klubi hozirda Superliga loyihasi eng muhim vazifalardan biri bo‘lib, bu maqsadda asosiy sheriklaridan biri bo‘lgan "Barselona" bilan munosabatlarni yomonlashtirishni istamayapti.
Shuningdek, "Defensa Central" "Relevo"ga tayanib xabar berishicha, "Real" prezidenti Florentino Peres so‘nggi assambleyada Olmo ro‘yxatga olish masalasini ko‘targan: "Barselona"ni tinch qo‘yish kerak, u bizning hamkorimiz, raqibimiz emas".
Edu Pidalning ta’kidlashicha, Olmo ro‘yxatga kiritilishiga faqat uchta klub norozi bo‘lgan: "Atletik", "Sevilya" va "Atletiko Madrid".
Fikrlar