
“Real” Benzema o‘rniga super hujumchi oladi
Zinedin Zidan ayni paytda jamoasiz yurgan Edinson Kavani xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
Ayni paytda “Real” mutasaddilari urugvaylik hujumchining agentlari bilan muzokaraga kirishgan. Madridliklar hujumchini erkin agentligi va jamoaga tekinga qo‘shilish imkoniyatini inobatga olib, u talab qilayotgan maoshni to‘lashga tayyor. Qolaversa, Xames Rodriges, Garet Beylning jamoadan ketishi ham madridliklarning moliyaviy imkoniyatini oshiradi.
Jamoaning asosiy to‘purariga aylangan Krim Benzemani Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga taklif qilmoqda. Benzema ketmagan taqdirda ham Kavanining safga qo‘shilishi jamoaning hujum chizig‘ini yanada kuchaytiradi.
Fikrlar