
“Real” bir imzo bilan vunderkindni eng qimmat o‘yinchiga aylantirdi
“Real” 16 yoshli Endrik bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. “Palmeyras” tarbiyalanuvchisi madridliklar bilan 2027 yilning yozigacha shartnoma imzoladi.
Tomonlarda o‘zaro hamkorlikni yana uch yilga uzaytirish imkoniyati bor. Endrik 18 yoshga to‘lishi bilan “Real” safidan joy oladi. Bu transfer 2024 yilning yoziga mo‘ljallangan.
Ushbu transfer “Palmeyras”ga turli bonuslarni qo‘shib hisoblaganda 72 million evro daromad keltiradi.
Transfermarkt portali Endrik “Real” bilan shartnoma imzolash orqali jahonning 18 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat o‘yinchisiga aylandi.
Avvalgi rekord “Santos” tarbiyalanuvchisi Rodrigo va “Flamengo” vakili Vinisius Juniorga tegishi bo‘lib, “Real” bu o‘yinchilar uchun 45 million evrodan to‘lagan.
Fikrlar