
“Real” bir yulduz bo‘yicha muzokara boshladi
“Real” yozgi transfer vaqtida tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qiladi. Asosiy e’tibor katta maosh oladigan va yoshi o‘tib qolayotgan yulduzlar o‘rniga, iste’dodli yosh futbolchilarni taklif etishga qaratiladi.
Xususan, “Qirollik klubi” Ispaniya chempionatida o‘zini ko‘rsatib kelayotgan “Vilyarreal” yulduzi Pau Torres transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yubordi. Ispaniyalik markaziy himoyachi madridliklar sardori Serzio Ramosning o‘rnini bosishi kerak bo‘ladi. Ramosning o‘zi klub bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmadi va mavsum yakunlanishi bilan Madridni tark etishi kutilmoqda.
Ayni paytda Torresning transfer summasi 50 million evro ekani belgilangan. Biroq, yozgacha bu summa 65 million evrogacha ko‘tarilishi kutilyapti.
Madridliklar narxni tushirish maqsadida transferga “Arsenal”da ijarada o‘ynayotgan Dani Sebalos yoki mavsumni “Borussiya”da o‘tkazayotgan Reyner Xesusni qo‘shishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar