
“Real” bu yoz transferlarga qancha mablag‘ sarfladi?
O‘tgan mavsumda Ispaniya chempionligini ashaddiy raqib – “Barselona”ga boy bergan “Real” klubi yozgi transferlar davrida tarkibini kuchaytirishga erishdi.
“Qirollik klubi” katta mablag‘ evaziga “Bornmut” Din Xyoysenni, “Benfika”dan Alvaro Karrerasni, “Liverpul”dan Trent Aleksander-Arnoldni o‘z safiga qo‘shib oldi. Avgust oyida “River Pleyt” o‘yinchisi Franko Mastantuono Xabi Alonso ixtiyoriga keladi.
Umumiy hisobda, madridliklar yangi o‘yinchilarga 178 million evro sarfladi. Bu oxirgi olti yildagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
O‘tgan mavsumdagi natijalar “Qirollik klubi”ni tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishga undadi. Jamoa “Barselona”ga chempionlik unvonini topshirib qo‘yganidan tashqari, Ispaniya kubogi va Superkubogida ham kataloniyaliklarga yutqazib qo‘ydi.
Fikrlar