
"Real" bu yoz yana bitta futbolchi sotib oladi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan mavsumlar oralig‘ida jamoaning markaziy chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
Marca nashrining ma’lum qilishicha “qirollik klubi”ning bu boradagi asosiy nishoni "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogba hisoblanadi. Zaxira variantlari esa Kristian Eriksen ("Tottenxem"), Donni van de Bek ("Ayaks") va Tangi Ndombelelardir ("Lion").
Eslatib o‘tamiz, “Real” bu yoz hozircha Rodrigo Goes, Eden Azar, Luka Yovich, Ferlan Mendi, Eder Militao hamda Kubo Takefusularni sotib oldi.
Fikrlar