“Real” bu yulduz uchun 140 million sanashga majbur

  • 04.01.2023 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati tarkibini “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingem bilan kuchaytirishni istayapti.

Dortmundliklar ikki yil oldin 25 million evroga olingan angliyalik yarim himoyachini qo‘yib yuborishga tayyor. Bundesliga vakili madridliklarga transfer shartini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Ispaniya chempioni 19 yoshli o‘yinchini transfer qilish uchun dortmundliklar hisobiga 100 million evro miqdorida badal puli va 40 million evro bonus to‘lashi talab etiladi.

Bellingemni olishga ishtiyoqmand bo‘lgan boshqa klublarga ham xuddi shu talab qo‘yilyapti.

Transfermarkt portali “Borussiya” bilan 2025 yilning yozigacha amal qiladigan shartnomaga ega bo‘lgan Bellingemni 110 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!