"Real" Bundesligadan zo‘r himoyachi topdi
"Real" "Bayer" himoyachisi Jeremi Frimpong xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Fichajes" nashri yozmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, "qirollik klubi" yozgi transfer vaqtida Jeremini xarid qilishga urinib ko‘radi. "Transfermarkt" portali 20 yoshli futbolchini 15 million evroga baholamoqda. Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Frimpong 20ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 6ta golga hammualliflik qilgan. Avvalroq, Madrid klubi himoyachisi Nacho mavsum so‘nggida jamoasini o‘zgartirishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Fikrlar