"Real" Chempionlar ligasidagi oʻyinida yettita gol boʻldi

  • 15.10.2026 07:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
MOSKVA, 14 oktyabr — Ispaniyaning mashhur «Real Madrid» jamoasi Chempionlar ligasi guruh bosqichida Italiyani «Roma» klubi ustidan dramatik g‘alabaga erishdi. Rimda o‘tgan o‘yin 4:3 hisob bilan mehmonlar foydasiga yakunlandi. «Roma» uchrashuvni faol boshladi va 20-daqiqada Marten de Ron hisobni ochdi. Biroq 25-daqiqada «Real» yetakchisi Kilian Mbappe Yan Diomande yo‘llagan uzatmadan so‘ng hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan maydon egalari yana oldinga chiqishdi. 51 va 57-daqiqalarda Doniell Malen ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, dubly qayd etdi. Unga golli uzatmalarni Matias Sule va Rodrigo Mora yo‘llab berishdi. Shu tariqa, «Roma» 3:1 hisobida oldinga chiqdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida esa «Real» haqiqiy iroda namoyish etdi. 83-daqiqada Endrikning uzatmasidan so‘ng Carlos Espi hisobni qisqartirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, 85-daqiqada bu safar Endrikning o‘zi Arda Gyuler yo‘llagan pasni golga aylantirdi. Asosiy vaqtga yaqin daqiqalarda «Real» bosimni yanada kuchaytirdi va 90-daqiqada Antonio Ryudiger Arda Gyulernig navbatdagi aniq uzatmasidan so‘ng jamoasiga muhim g‘alaba keltiruvchi to‘rtinchi golni urdi. Shu tariqa, «Real Madrid» 3:1 hisobida ortda ketayotgan o‘yinni 4:3 hisobida o‘z foydasiga hal qila oldi. Kelgusi turda «Real» 21 oktyabr kuni o‘z maydonida Germaniyaning «Leyptsig» jamoasini qabul qiladi. «Roma» esa bir kun oldin, 20 oktyabrda, o‘z uyida Slovakiya klubi «Slovan»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!