“Real”dan ketgan yulduz oʻziga yangi jamoa topolmayapti

  • 04.07.2026 18:21
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avstriya terma jamoasi himoyachisi David Alaba Madriddning "Real" klubi bilan yo‘llari ajralganidan so‘ng, kelasi mavsumni qaerda o‘tkazishi hali noma’lumligini ma’lum qildi.

"Men uchun yangi bosqich boshlanyapti. Har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyorman, hech narsani istisno qilmayman. Lekin baribir imkon boricha eng yuqori darajada o‘ynashni istayman", – dedi Alaba La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Futbolchi so‘zlariga ko‘ra, u besh yil davomida to‘p surgan «qirollik klubi»ga minnatdor. Shu bilan birga, sog‘liq bilan bog‘liq muammolar tufayli jamoa bilan xayrlashuv unchalik ham iliq kechmaganini ta’kidladi.

"Madriddagi vaqtim a’lo darajada o‘tdi, lekin albatta, yakuni og‘ir bo‘ldi. Avval jiddiy to‘piq jarohati, keyin esa mushaklardagi muammolar menga barqaror o‘ynashga yo‘l qo‘ymadi", – deya qayd etdi u.

O‘tgan mavsumda 34 yoshli Alaba «Real» tarkibida bor-yo‘g‘i 16 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!