"Real" darvozasini "Barselona" tarbiyalanuvchisi qo‘riqlashi mumkin

  • 21.11.2019 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi "Ayaks" darvozaboni Andre Onanani o‘z safisha qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” 23 yoshli kamerunlik futbolchini kelajakda asosiy tarkib darvozaboniga aylantirmoqchi. Aytish kerakki hozirda “Real”ning asosiy posboni hisoblangan Tibo Kurtua tez-tez tanqidlarga uchrab turadi.

Ma’lumot uchun,  Onana asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum “Ayaks” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 18 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!