"Real" futbolchisi Afrikada eng yaxshi deb topildi

  • 08.01.2020 07:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Afrika futbol konfederatsiyasi yakunlangan 2019 yilning eng yaxshi yosh afrikalik futbolchisi nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra ushbu nomga “Real” himoyachisi Ashraf Hakimi sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli marokashlik futbolchi mavsumni “Borussiya” Dortmundda ijara asosida o‘tkazmoqda. U joriy mavsum 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb “Liverpul” forvardi Sadio Mane topilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!