"Real" futbolchisi APL klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga uchib ketdi

  • 24 iyul, 2019, 17:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos “Arsenal”ga o‘tishga juda yaqin turibdi.

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli ispaniyalik futbolchi “kanonirlar” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga uchib ketgan. U katta ehtimol bilan “Arsenal”da ijarada to‘p suradi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq londonliklar bosh murabbiyi Unai Emeri “Real” vingeri Marko Asensio kutilmaganda jiddiy jarohat olgach Sebalosning “Arsenal”ga ko‘chib o‘tishi barbod bo‘lishi mumkinligi haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!