"Real" futbolchisi "Arsenal"ga o‘tishga juda yaqin turibdi

  • 5 iyul, 2019, 10:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubining ispaniyalik vinger Lukas Vaskes transferi bo‘yicha “Real” Madrid klubi bilan o‘tkazayotgan muzokaralari yakuniy bosqichga chiqdi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu transfer yangi hafta boshida rasman e’lon qilinishi mumkin. Vaskesning transferi “kanonirlar”ga jami 35 mln evroga tushishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum La Ligada jami 31ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!