“Real” futbolchisi Frantsiyaga yo‘l olishi arafasida

  • 19 noyabr, 17:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" jamoasi hujumchisi Endrik faoliyatini Frantsiya klubida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Tecno

Manba xabariga ko‘ra, Frantsiyaning "Lion"  jamoasi 19 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Lekin futbolchining maoshi "Real" tomonidan to‘lanadi. Tomonlarning kelishuvida braziliyalik futbolchi ishtirok etishi shart bo‘lgan minimal o‘yinlar soni belgilanadi. Endrik jarohat olgan holatda "qirollik klubi" uni qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi. 

Forvardning hozirda transfer bozoridagi narxi 35 million evroga baholanmoqda. Uning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar Endrikni 2024 yildan "Palmeyras" dan 47,5 million evroga sotib olgandi. Shu davr mobaynida futbolchi 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!