“Real” futbolchisi katta takliflarni qabul qilmadi

  • 4 iyul, 2024, 15:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumkor futbolchisi Braim Dias faoliyatini Madrid klubida davom ettirish bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.

“Qirollik klubi” kelasi mavsum Kilian Mbappe va Endrikni asosiy tarkibda o‘ynatmoqchi. Biroq Braim Dias raqobatdan cho‘chimasligini bildirdi.

24 yoshli futbolchiga Angliya, Italiya va Saudiya Arabistonidan katta takliflar bo‘layotgandi. Lekin Dias kelasi mavsum ham murabbiylar shtabi unga etarli darajada o‘yin vaqti ajratishiga ishonyapti.

Marokashlik futbolchi yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 44 ta uchrashuvda ishtirok etib, jami 12 ta gol va 9 ta assist muallifi bo‘ldi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yarmiga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!