"Real" futbolchisi La Liganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

  • 29 sentabr, 2022, 22:23
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniya La Ligasi matbuot xizmati sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisini aniqladi. Sovrinni "Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde qo‘lga kiritdi.

Sentyabr oyida Federiko Ispaniya chempionatining uchta o‘yinida ishtirok etdi, unda "Real" "Betis" (2:1), "Malorka" (4:1) va "Atletiko" (2:1)ni mag‘lub etdi. Mazkur bahslarda urugvaylik futbolchi ikkita gol urdi va samarali uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, olti turdan keyin “Real” Madrid turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Karlo Anchelotti jamoasi 2022/2023 yilgi mavsumdagi barcha bahslarda g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida, “Real” Ispaniya chempionatining navbatdagi uchrashuvini 2 oktyabr kuni “OsasunaO”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!