
"Real" futbolchisi "Yuve" va MYu bilan muzokara o‘tkazmoqda
Madridning "Real" klubi xavbeki Xames Rodriges yozda madridliklar tarkibini tark etishi mumkin.
Ingliz nashrlari xabariga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchining mutasaddilari "Yuventus" va "Manchester Yunayted" bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda yarim himoyachi "qaymoqrangliklar" safida La Ligada 7 ta o‘yinda maydonga tushib 1 ta gol va 2 ta gollik uzatma muallifi bo‘lgan.
Fikrlar