"Real" futbolchisida koronavirus aniqlandi

  • 23.09.2020 10:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" yarim himoyachisi Martin Edegorda koronavirus aniqlandi. Bu haqda Onda Cero nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli norvegiyalik futbolchining COVID-19 ga topshirgan testi musbat natija bergan. Shundan so‘ng, Edegor karantinga olingan, “Real”ning qolgan futbolchilari esa yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Edegor 2015 yildan buyon "Real" futbolchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida "Xerenven", "Vitess" va "Real Sosedad" klublarida ijarada to‘p surdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!