"Real" futbolchisiga A Seriya grandlari da’vogar

  • 17 sentabr, 2021, 16:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Isko faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar tarqatdi. 

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, ispaniyalik futbolchi xizmatiga "Milan" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda. Transfer qishda amalga oshishi kutilyapti. "Transfermarkt" portali Iskoni 18 million evroga baholamoqda.

"Real" klubiga yangi murabbiy kelgandan so‘ng havbekka o‘yin amaliyoti beriladi, deya taxmin qilingan edi, biroq futbolchi zaxirada qolmoqda. Joriy mavsum 3ta o‘yinda maydonga tushib, birortasida to‘liq o‘ynamagan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!