
"Real" futbolchisining "Sevilya"ga o‘tganini rasman e’lon qildi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Regilon "Sevilya"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra andalusiyaliklar 22 yoshli futbolchini 2020 yilning yoziga qadar ijaraga olishgan.
Ma’lumot uchun, Regilon “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shu kungacha “qirollik klubi”da jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta golga assistentlik qilishga erishdi. Ispaniya yoshlar terma jamoasi safida esa 1 ta o‘yinda ishtirok etgan. Uning transfer narxi 15 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar