"Real" germaniyalik yarim himoyachini jamoaga olib kelmoqchi

  • 16.05.2025 20:29
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" Angelo Shtillerga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda.

Manba jurnalisti Xose Felish Diasning ma’lum qilishicha, "Shtutgart" va Germaniya milliy terma jamoasining markaziy yarim himoyachisi "Qirollik klubi" e’tiborini tortgan yarim himoyachilar ro‘yxatiga kiritilgan.

Tecno

Futbolchining narxi taxminan 40 million evro atrofida bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Avvalroq, Shtillerga "Barselona" va "Arsenal" klublarining qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, xavbek Bundesliganing joriy mavsumida 32 ta o‘yinda 1 ta gol urib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!