“Real” hech kim tanimaydigan bosh murabbiy olib kelmoqchi

  • 19 fevral, 08:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati jamoani 2021 yildan beri boshqarib kelayotgan Karlo Anchelotti o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan yangi nomzod topdi.

Italiyalik mutaxassisning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etishi belgilangan bo‘lsa-da, jamoa joriy mavsumdan keyin boshqa murabbiyga topshirilishi mumkin.

Aslida madridliklar bosh murabbiylikka “Bayer”da muvaffaqiyatli ishlayotgan Xabi Alonsoni olib kelmoqchi edi. Lekin “Bayer” bosh direktori Fernando Karro ispaniyalik murabbiy bilan kelasi mavsumda ham ishni davom ettirish istagini aytganidan keyin “Qirollik klubi” boshqa yo‘l tutishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Daily Mail nashrining yozishicha, “Real” ayni paytda “Bornmut”ni boshqarayotgan Andoni  Iraolani bosh murabbiy qilib tayinlashni rejalashtirmoqda.

Madridliklarga 42 yoshli murabbiy qo‘llayotgan hujumkor o‘yin uslubi juda ma’qul kelgani aytilmoqda. Qolaversa, Xabi Alonso va Andoni Iraolaning manfaatlarini bir agentlik himoya qilayotgani ham "Real" e’tiboridan chetda qolmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!