"Real" himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsumda "Borussiya Dortmund"da ijara asosida to‘p surayotgan "Real" himoyachisi Ashraf Xakimi madridliklar bilan shartnomani uzaytirdi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, tomonlar 2023 yil yozigacha mo‘ljallangan kelishuvga imzo chekishdi. Oldinroq, futbolchi uchun PSJ, "Bavariya", "Atletik" va "Sevilya" klublari qiziqish bildirayotganligi xabar qilingan edi.

Bundesligining 2019/20 mavsumida Xakimi 25 o‘yinda maydonga tushdi va uchta gol kiritishni uddaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!