"Real" hujumchisi faoliyatini Portugaliyada davom ettiradigan bo‘ldi

  • 18.06.2019 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Raul De Tomas faoliyatini "Benfika"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra lissabonliklar 24 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi masalasida “qirollik klubi” bilan kelishuvga erishishgan. Aniqrog‘i, “Benfika” De Tomas uchun Madrid klubiga 20 mln evro to‘laydi.

Ma’lumot uchun, De Toma o‘tgan mavsumni "Rayo Valekano" safida ijarada o‘tkazdi va 34ta o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!