"Real" hujumchisi uchun APLning ikki klubi kurashga qo‘shildi

  • 3 may, 2020, 10:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi hujumchisi Luka Yovich faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

90min tarqatgan xabarga ko‘ra, 22 yoshli serbiyalik futbolchini "Vest Xem" va "Nyukasl" klublari yozda o‘z safiga qo‘shib olishga urunib ko‘radi. “Qirollik klubi” esa uni faqat ijaraga berishni rejalashtirmoqda. Ammo, London klubi Yovichni to‘liq sotib olish istagida.

Luka Yovich uchun “Milan” ham asosiy da’vogar ekanini unutmaslik lozim. “Rossonerilar” uning transferi uchun 35 mln evrodan voz kechishga tayyor.

Yovich joriy mavsum “Real” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!