“Real” hujumchisini 6 superklub talashyapti
Xabi Alonso “Real” akademiyasida tarbiyalangan Gonsalo Garsiyani mavsum oldidan birinchi jamoaga qabul qilgan edi. Bunga iqtidorli hujumchining AQShda klublar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatiga yorqin o‘yini sabab bo‘lgan.
Biroq yangi mavsumda 21 yoshli futbolchiga etarli darajada o‘yin amaliyoti berilmayapti. Chunki “Real”ning hujum chizig‘ida aqlbovar qilmas darajada kuchli raqobat vujudga kelgan.
Gonsalo Garsiya atrofidagi vaziyatni kuzatib borayotgan klublar qishki transferlar davrida uni ijaraga olishga yoki to‘liq transfer qilishga urinib ko‘rmoqchi.
Taniqli insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, hozirning o‘zida olti klub, xususan, Italiyaning “Milan” va “Napoli”, Angliyaning “Vest Xem”, “Aston Villa”, “Fulxem”, Ispaniyaning “Sevilya” jamoasi Garsiya bilan hamkorlik qilishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, yuqorida nomi keltirilgan klublar Gonsalo Garsiyani 20-25 million evroga transfer qilishni mo‘ljallagan. Biroq “Qirollik klubi” yangi yulduzini sotib yuborishni istamayapti. Shu bois, Gonsaloning xizmatidan foydalanmoqchi bo‘lgan da’vogarlar “Real”ni hujumchini ijaraga berishga ko‘ndirishga urinib ko‘radi.
Fikrlar