
"Real" hujumchisini Italiyaga chorlashmoqda
Madridning "Real" klubi forvardi Luka Yovich faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
AS nashrining ma’lum qilishicha 22 yoshli serbiyalik futbolchiga "Napoli"dan jiddiy qiziqib qolgan. Neapolliklar uni mavsumlar oralig‘ida o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi va bu borada ular allaqachon futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Eslatib o‘tamiz, Yovich “Real” safiga 2019 yilning yozida 60 mln evro evaziga “Ayntraxt”dan ko‘chib o‘tgan edi. U bu mavsum 24 ta o‘yinda ishtirok etdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar