“Real” ish bermayotgan yulduzga uchta klub da’vogar

  • 19 mart, 05:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Arda Gyulerning “Real”dagi kelajagi aniq emas. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti turkiyalik yosh iste’dod egasiga etarli darajada o‘yin amaliyoti berayotgani yo‘q va asosan tajribali o‘yinchilar – Braim Dias, Rodrigo va Jud Bellingemga suyanyapti. 

Tecno

Garchi Gyuler bu mavsum barcha turnirlarda 29 marotaba maydonga tushgan bo‘lsa-da, jami o‘ynagan vaqti atigi 1081 daqiqani tashkil qiladi. Shunga qaramay, Arda o‘z hisobiga uchta gol va beshta assist yozdirib qo‘ydi. 

Turk futbolchi atrofidagi vaziyatni bir necha klublar kuzatib bormoqda. Xususan, Italiyadan “Milan” va “Inter”, Ispaniyadan “Real Sosedad” hujumkor o‘yinchiga ish berishga tayyor ekani ma’lum bo‘ldi. 

Ardaning o‘zi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini yangilashga qarshi emas. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!