
“Real” jahon yulduzini tekinga oladi
Navbatdagi yozgi transferlar oynasi Germaniya terma jamoasi va “Bavariya” yarim himoyachisi Yozua Kimmix faoliyatida keskin burilish yasashi kutilmoqda.
Tajribali o‘yinchining myunxenliklar bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralari barbod bo‘ldi. Tabiiyki, Kimmix darajasidagi futbolchi ishsiz qolmaydi.
Uning atrofidagi vaziyatni kuzatib borayotgan grand klublar harakatga tushib qoldi. Kimmixga da’vogarlar orasida “Real” ideal variant sifatida qabul qilinmoqda. Kimmixning yarim himoyachi pozitsiyasidan tashqari o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynash olishi madridliklarga juda ma’qul kelmoqda.
30 yoshli futbolchining katta tajribasi, taktik intellekti, texnik sifatlari har qanday klubga mos kelishi aytilmoqda.
Ayniqsa, Kimmixni yozda erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritish imkoniyati “Qirollik klubi”ning bu yulduzga qiziqishini oshirib yubordi.
Fikrlar