“Real” jamoani kuchaytiradigan vunderkind oladi
“Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingem o‘z o‘yini bilan Evropaning qator grandlari nazariga tushgan. Endi angliyalik iqtidor egasi uchun kurashayotgan klublar qatoriga “Real” ham qo‘shildi.
Ma’lumotlarda aytilishicha, 18 yoshli yarim himoyachining xaridorlari ko‘pligiga qaramay, dortmundliklar ko‘proq “Real” bilan hamkorlik qilishni ma’qul topmoqda.
Bellingem joriy mavsumda Bundesligada 25 ta uchrashuvda uchta gol urdi va ettita golli pas oshirdi. Angliya futboli tarbiyalanuvchisi hozirgi jamoasida 2020 yildan beri to‘p tepmoqda. O‘shanda dortmundliklar iqtidorli o‘yinchi uchun “Birmingem” klubiga 23 million evro to‘lagan edi.
Bugungi kunda Angliya terma jamoasida ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan yarim himoyachining transfer summasi keskin qimmatlagan va ayni paytda bu narx 70 million evroni tashkil qilyapti.

Fikrlar